Mourinyo: "Mundialning eng yaxshi jamoasi VAR tufayli mag'lubiyatga uchradi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasidagi JCH-2018 final o'yini natijasiga (4:2) izoh berdi.

"Fransiyaliklar turnirni juda yaxshi o'tkazishdi, final tomon yo'lda ajoyib harakat qilishdi. Bugun ular g'alabaga erishishdi. Dide Desham shogirdlarini tabriklayman.

Xorvatlar juda xafadek ko'rindi. Mundialning eng yaxshi jamoasi mag'lub bo'ldi va bu menimcha VAR tizimini qo'llashdagi xato tufayli ro'y berdi. U erda penalti yo'q edi. Hakam faqat muhim vaziyatlarda takroriy lavhani ko'rishi kerak" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT