Mourinyo: "Manchester Yunayted"ni mag'lubiyatga uchratishni istayman"

Mirjalol Normatov
3 dek 2019
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 15-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mourinyo "shporlar" boshqaruvini o'z qo'liga olganiga ko'p vaqt bo'lmadi. U o'z vaqtida "Yunayted"ni ikki yarim mavsum davomida boshqardi.

"Men - salbiy inson ham, boshqalar uchun dushman ham emasman. Shunchaki "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishni istayman. Barcha meni shunday ko'rmoqda.

Sulsher kabi insonlardan doimo g'alabani istashadi. MYU muxlislari meni emas, Oleni qo'llab-quvvatlashi tabiiy. Ammo raqib bosh murabbiyini qo'llab-quvvatlash ham yomon reakciya emas. 

Juda katta tarix va extirosli muxlislarga ega bo'lgan klub bu. Ular Sulsherni va o'z jamoasini sevishadi. Demak, ular doimgidek fantastik tarzda o'z jamoasini qo'llab-quvvatlaydi", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports