Mourinyo: "Manchester Yunayted" Yevropa ligasi g'olibiga aylana oladi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Anderlext"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi ilk chorak final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Anderlext" - o'z uslubiga ega yaxshi jamoa. Ular ko'p pressing uyushtirishadi va iqtidorli futbolchilarga ega. G'alaba qozonmoqchi bo'lsak, o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Bizda javob uchrashuvi ham bor, ammo birinchisida yaxshi o'ynash muhim. Biz bu turnir g'olibiga aylana olamiz. G'alaba Chempionlar ligasi yo'llanmasini taqdim etadi, ammo sovrin ham qo'lga kiritamiz. Chempionlar ligasiga chiqish uchun bu turnir va milliy chempionatda bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com