Mourinyo: "Ijobiy fikrlarni topa olmayapman, natijadan esa hayron bo'lmadim"

Eldor Akmurzayev
23 sen 2019, 00:55
Angliya chempionati 6- turidan o'rin olgan Vest Xem – Manchester Yunayted uchrashuvidan (2:0) keyin qizil iblislarning sobiq ustozi Joze Mourinyo o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Jamoaning ishtiroki haqida ijobiy fikrlarni topa olmayapman. O'tgan mavsum yomon o'ynagandik, lekin, jamoaga yangi o'yinchilar kelib qo'shilgani bilan ham oldinga siljishni ko'rayotganim yo'q. Ular menga yoqadi, ular klubga rang-baranglik olib kelishdi. Biroq, yaxlit jamoa sifatida ular menga manzur kelmayapti.  Natijadan hayron bo'lmadim va Sulsher ushbu o'yinda nimadandir qoniqish hosil qilgan deb o'ylamayman. O'ylashimcha, ular kuchli uchlikka kirishga qodir emas. Menimcha, Manchester Yunayted 4 yoki 6 o'rinda mavsumni yakunlaydi. Agar YCHLga yo'llanmani qo'lga kiritadigan bo'lishsa, bu katta natija bo'ladi”, – deya qayd etgan Mourinyo.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports