"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo "Napoli"ning chap qanot himoyachisi Fauzi G'ulomni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
O'z navbatida neapolliklar ham G'ulom bilan xayrlashishga tayyor. Buni "Tuttosport" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, italiyaliklar 60 million evrodan kam bo'lmagan taklifni qabul qilishlari mumkin.