Mourinyo: "Biz Ibragimovich bilan ko'cha futboli, erkaklar o'yini avlodidanmiz"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Bornmut"ga qarshi bahsda Zlatan Ibragimovich hamda raqib himoyachisi Tayron Mings o'rtasidagi to'qnashuv haqida fikr bildirdi.

Ming birinchi bo'limda shvedning boshini bosib oldi, bir necha daqiqa o'tib Zlatan tirsagi bilan Tayron yuziga zarba berdi.

"Zlatan - katta yigit. Biz kucha futboli, erkaklar o'yini avlodidanmiz. Biz sodir bo'lgan voqea haqida jurnalistlarga yig'laydiganlardan emasmiz" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport