Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi "Chelsi" futbolchisini ijaraga olganini e'lon qildi
Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2021
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi "Chelsi"dan yarim himoyachi Faustino Andjorinni ijaraga olganini e'lon qildi.
U 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha Moskvada o'ynaydi. "Temiryo'lchilar" 20 million evro evaziga futbolchini sotib olishlari mumkin bo'ladi. Biroq "Chelsi" ham keyinchalik futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega.