Morgan Shnayderlen: "Muxlislarimiz uchun Yevropa ligasiga yo'llanma olmoqchimiz"

Tolibjon Qosimov
9 fev 2017
"Everton" yarim himoyachisi Morgan Shnayderlen jamoa mavsum so'nggida Yevropa ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinlardan birini egallamoqchiligini aytib o'tdi.
"Biz mavsumni yuqori notada tugatishga va ayni paytda bizdan yuqorida turgan jamoalarni quvib o'tishga harakat qilamiz. "Liverpul" bizni olti ochkoga, "Manchester Yunayted" esa besh ochkoga ortda qoldirmoqda. Agar "Everton" o'zining omadli seriyasini davom ettirsa, buni uddalay olamiz. Biz muxlislarimiz uchun Yevropa ligasiga yo'llanma olishni istaymiz", - deydi Shnayderlen.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports