Morentes: "Real" "Yuventus"ni 1:0 hisobida mag'lub etadi va golni Morata urishini istayman"

Aslanov Jasurbek
30 may 2017
"Real" sobiq hujumchisi Fernando Morentes "Qirollik klubi" hamda "Yuventus" o'rtasida bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Real" "Yuventus"ni 1:0 hisobida mag'lub etishiga ishonaman. Golni Alvaro Morata urishini istayman. Bundan xursand bo'lardim. "Real" asosiy tarkibiga to'xtaladigan bo'lsam, Isko ilk daqiqalardan maydonga tushadi, Beyl esa uning o'rnini egallaydi" - deydi Morentes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS