Moreno "Barselona"ga o'tmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017
"Deportivo" himoyachisi Xuanfran Morenoning so'zlariga ko'ra, u klubini o'zgartirmoqchi emas.

Futbolchi xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

"Barselona" senga qiziqish bildirsa, bundan faxrlanasan. Ammo "Deportivo"ni tark etmoqchi emasman. Eng to'g'ri qaror klub bilan shartnomani uzaytirib, shu erda uzoq vaqt to'p tepish bo'ladi. Ammo "Barselona" menga e'tibor qaratganidan mamnunman. Bu hammasini to'g'ri bajarayotganimni bildiradi" - deydi Xuanfran.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca