"Monako" sport direktori "Manchester Yunayted" texnik direktoriga aylanishi mumkin

Alisher
26 apr 2022, 14:30
"Monako" sport direktori Pol Mitchell "Manchester Yunayted"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Mitchell bilan hamkorlikka "qizil iblislar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik va jamoani 2021/22 yilgi mavsumdan boshqaradigan Erik ten Xag qiziqishmoqda.

Ikki mutaxassis ham Mitchellni MYU texnik direktorligi uchun tavsiya qilishmoqda. Shuningdek Angliya klubida qarorlar qabul qiladigan bir necha insonlar Mitchellning tayinlanishini qo'llab-quvvatlashmayapti.

Mitchell 2020 yilning iyunidan beri "Monako" sport direktori bo'lib ishlab keladi. 40 yoshli angliyalik undan oldin "Sautgempton", "Tottenxem" va "Leyptsig" klublarida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports