“Monako” Jelson Martinshni “Atletiko”dan to'liq sotib olishni xohlamoqda
“Atletiko Madrid” vingeri ayni damda ijara asosida “Monako”da o'ynamoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 23 yoshli Martinshni “Monako” mavsum so'ngida to'liqligicha sotib olishni xohlamoqda. Boisi, u knyazlik jamoasining o'yiniga tezda kirishib ketdi. Bunga statistika ham yaqqol misol. 5 ta o'yinda 3 ta gol, 3 ta golli uzatma.