"Monako" Falkaoning o'rnini bosadigan hujumchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 17:28
"Monako" rahbariyati hujumchi Radamel Falkao o'rniga boshqa hujumchi izlamoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, monegasklar ayni damda "Sevilya" hujumchisi Vissam Ben-Yedderning nomzodini ko'rib chiqmoqda. "Sevilya" esa o'z navbatida forvardning transferidan 20 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq Falkao "Galatasaroy"ga o'tishni istayotganini aytib o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana