"Monako" bosh murabbiyi Pogba qachon maydonga tushishga tayyor bo'lishini aytdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
"Monako" bosh murabbiyi Adi Xyutter jurnalistlarga fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba qachon monegasklar safida o'ynay olishi haqida gapirdi.

Xyutter "Foot National" nashriga Pogba keyingi xalqaro tanaffusdan keyin "Monako"da o'ynashi mumkinligini ta'kidladi. Mutaxassisning takidlashicha, ayni damda yarim himoyachi formaga kirishda davom etmoqda va to'g'ri yo'lda.

"Pogba imkon qadar tezroq maydonga qaytishi uchun har kuni qilayotgan ishlari meni hayratda qoldiradi. U o'z ishining haqiqiy professionali"– deya qo'shimcha qildi Xyutter.

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoalar o'yinlari uchun navbatdagi xalqaro tanaffus 6-16 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Pogba hali "Monako" safida maydonga tushmadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot National