Mo'min Meliev va Farhod Bekmurotov “Qo'qon-1912”ga o'tdi. Muzaffarov jamoani tark etdi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2020, 15:37
Kelayotgan 2021 yilgi futbol mavsumida o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yishni niyat qilgan “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabi selekciya ishlarini qizg'in tarzda olib borishmoqda.

Jamoaning yarim himoya hamda hujum chiziqlarini kuchaytirish maqsadida o'tgan mavsumda o'z jamoalari tarkibida yetakchilardan bo'lgan futbolchilar jamoamizga taklif qilinmoqda. Shunday futbolchilardan biri yakunlangan mavsumni “Mashal” tarkibida o'tkazgan hujumchi Mo'min Meliev kelgusi mavsumni Qo'qonda o'tkazishi hal bo'ldi.
Meliev “Mashal” jamoasini Pro-ligadan Superligaga chiqishida hamda o'tgan mavsumda Superliga o'yinlaridagi ishtirokida o'zining munosib hissasini qo'sha oldi.

Shuningdek “Andijon” jamoasining tayanch yarim himoyachisi, ko'plab bahslarda andijonliklarni sardor sifatida maydonga olib tushgan Farhod Bekmurotov ham kelgusi mavsumni “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazadigan bo'ldi.

Bekmurotovning qanday futbolchi ekanligini “Andijon” jamoasi o'yinlarini kuzatib borgan muxlislar juda yaxshi bilishadi.

“Qo'qon-1912” jamoasini esa tajribali yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov tark etdi. Muzaffarov jamoa bilan do'stona xayrlashdi. Muzaffar Muzaffarovga Superliganing bir nechta klublaridan takliflar bor. Muzaffarovga jamoamiz bilan o'tkazgan mavsumi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz Muzaffarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz