Moyya: "Bayer" bilan o'yin taqdiri "Atletiko" uchun yanada yomon bo'lish mumkin edi"
Aslanov Jasurbek
26 fev 2015, 11:10
"Atletiko" darvozaboni Migel Anxel Moyyaning hisoblashicha, "Bayer"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi uchrashuvida hisob yanada yirik bo'lishi mumkin edi.
"Hammasi yanada yomon yakunlanishi mumkin edi. Biz bu hisobni kutmagan edik, ammo barchasi teskari bo'ldi. Futbolchimiz chetlatildi. Bu hisob bilan keyingi bosqichga chiqishga umid qilishimiz mumkin. Oldinda javob o'yini bor" - deydi Moyya.