"Mo'jiza yuz beradi va biz g'alaba qozonamiz". Laporta "Bavariya" bilan bo'lajak o'yin haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
26 noya 2021
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavining klubdagi dastlabki ish haftasi va YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi bo'ladigan o'yin haqida gapirdi.

"Oldimizda uzoq yo'l turibdi. Xavi g'alabaga chanqoq va kuchli. Umid qilamanki, barchasi biz uchun yaxshi ketadi. Xavi kelganidan so'ng raqiblar ham bizni yanada hurmat qila boshlashdi deb o'ylayman. Endi ular biz yana nimalarga qodirligimizni bilishadi. 

"Bavariya"ni yutsa bo'ladi. Mo'jiza ro'y beradi. Bunga ishonaman. Biz g'alaba qozonamiz", - dedi Laporta. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 8 dekabr kuni "Bavariya"ga qarshi o'ynaydi. Jamoa pley-offga chiqishi uchun g'alaba qozonishi lozim. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo