Mojaro davom etadi. Karpin ertaga "Arsenal"ga qarshi o'yinda qanday tarkib o'ynashini bilmaydi

Alisher
26 iyun 2020
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin RPL 24-turi doirasidagi "Arsenal" (Tula)ga qaysi o'yinda qanday tarkib o'ynashini bilmaydi.

"Bilmayman. O'zim ham tushunmayapman", - deydi mutaxassis.

Oldinroq, "Rostov"ning "Arsenal"ga qarshi o'yinda asosiy tarkib bilan harakat qilishi haqida xabarlar yangragan edi.

Eslatib o'tamiz, "Rostov"ning olti o'yinchisi koronavirusga chalingani sabab "Sochi" (1:10)ga qarshi o'yinda 2001-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar jamoasi o'ynagan edi.

"Rostov" va Tulaning "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru