Modrich yilning eng yaxshi bolqonlik sportchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2018, 14:19
"Oltin to'p" sohibi va jahon chempionati finalchisi Luka Modrich Bolgariya yangiliklar agentligi (BTA) talqiniga ko'ra 2018 yilning eng yaxshi bolqonlik sportchisi deb topildi.

So'rovnomada Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Gretsiya, Makedoniya, Chernogoriya, Ruminiya, Serbiya va Turkiyaning yangiliklar agentliklari ishtirok etishdi.

Ikkinchi o'rin "Uimbldon" va US Open g'olibi Novak Jokovichga, uchinchi o'rin esa "Rolan Garros" chempioni Simona Xalepga nasib etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru