Modrich faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

Khoja
7 apr 2025
Real klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Qatar klublarining diqqat markaziga tushdi.

Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Biroq futbolchining o'zi yana bir yil Real Madridda qolishni istamoqda. Xorvatiyalik yarim himoyachi 2026 yilda bo'lib o'tadigan JCHga maksimal formada tayyor bo'lishni maqsad qilgan.

Bu mavsumda Luka madridliklar safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.


KhojaMuallif
Manba: Marca