Modrich - "Barsa"ga qarshi o'yindan keyin intervyu bergan "Real"ning yagona futbolchisi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025, 17:49
Yarim himoyachi Luka Modrich Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng (2:5) OAV bilan suhbat qurgan "Real"ning yagona futbolchisiga aylandi.

"Asosiy raqibingiz ikki o'yinda 9 ta gol ursa, uyat.

O'ylaymanki, biz javob beramiz. Men bunga aminman. O'yin bunday bo'ladi deb o'ylamagandik va muxlislarga ham, o'zimizga ham achinyapmiz. Hozir birlashishimiz va ishlashimiz kerak. Ishonchim komilki, ushbu mavsum xursand bo'lish uchun juda ko'p sabablar bo'ladi va hali hammasi oldinda.

Bu – futbol, g'alaba va mag'lubiyat birga yuradi. Bu safar yutqazdik. Mag'lubiyat har doim yoqimsiz, lekin finallardan biridagi mag'lubiyatni tanlash kerak bo'lsa, u holda Superkubok bo'la qolsin.

"Barselona"ni tabriklash kerak, ular yaxshiroq edi. Shu xolos", – dedi Modrich.

Anchelotti El Klassikodagi yirik mag'lubiyat sababini ma'lum qildi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca