

So'nggi vaqtlarda nemis OAV futbolchiga "Tyanczin Cyuanczyan" qiziqish bildirayotganini e'lon qilyotgan edi. Biroq nemis klubi rahbariyati Modest bilan xayrlashish niyatida emas.
"Hech qachon "Kyoln"ni tark etishni istamaganman va rahbariyatdan klubimni o'zgartirish uchun imkoniyat berishlarini so'ramaganman. "Kyoln" mening uyim va shunday bo'lib qoladi. Bu klubni yaxshi ko'raman. "Kyoln" rahbariyati bilan faoliyatimni shu erda yakunlash haqida suhbatlashdim" - deydi Modest.



