Moddiy manfat yo'lida ECHL 25 yillik hamkorlikdan so'ng "Adidas" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Khoja
14 mar 2026
Nemis sport giganti "Adidas" va ECHL o'rtasidagi hamkorlik chorak asrdan so'ng tugashi mumkin.

"Adidas" kompaniyasi 2001 yildan beri ECHLning rasmiy hamkori bo'lib kelmoqda va shu vaqt ichida uchta chiziqli logotip turnirning ajralmas qismiga aylangan. Biroq The Atletic nashri xabar berishicha, UEFA daromadlarni oshirish maqsadida to'p etkazib beruvchisini o'zgartirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, sport industriyasining bir qancha yirik kompaniyalari tenderda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.  

"Adidas" o'z shartnomasini saqlab qolishni rejalashtirmoqda, lekin uni jiddiy raqobat kutib turibdi. Asosiy davogarlar sifatida amerikaning "Nike" va Germaniyaning "Puma" kompaniyasi ko'rsatilmoqda.


KhojaMuallif
Manba: the atletic