"Mixed zone". Jasur Hakimov: "Bunyodkor"ni safdan chiqarganlarga o'yinimiz bilan javob bera oldik"

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2022
Viktor Karpenko boshqarayotgan "Bunyodkor" Superliganing 13-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

Dastlab Abbos Fayzullaevning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan "sherlar" ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishdi. "Bunyodkor" safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Jasur Hakimov Muzaffar Olimjonovning uzatmasini golga aylantirdi. Uchrashuvdan so'ng hujumchi Jasur Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlar oxirigacha kurashishgani hisobiga g'alaba qozondik. Golga kelsak, bu mening vazifam. Shunchaki, o'z ishimni qildim. Bahoni esa muxlislar berishadi. Uchrashuvdan oldin bizning imkoniyatimizni past baholashayotgani haqida eshitgandik. Lekin bizni safdan chiqarganlarga o'yinimiz bilan javob berdik, deb o'ylayman. Maydonda isbotlashimiz kerak edi.

Jarohatlardan so'ng Birinchi ligada formamni tiklab oldim. Murabbiy tomonidan imkoniyat berildi. Ishonchi oqlashga harakat qildim",- deydi Jasur Hakimov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia