"Mixed zone". Eron sardori Yosin Salmoni: "Musobaqadagi har bir o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega"

Alisher
2 iyun 2022
Kechadan e'tiboran mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogi bahslariga start berildi.

"Bunyodkor" stadionida kechgan uchrashuvda Eron - Qatar jamoalari o'zaro to'qnash keldi (1:1). Uchrashuvdan so'ng forslar sardori Yosin Salmoni fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik. G'alaba qozonishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Nima bo'lganda ham uch ochko ololmadik. 

Musobaqadagi har bir o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xuddi final kabi. Turkmanistonni yutishimizga ishonaman. 

Ushbu uchrashuvda biz Qatardan kuchli edik. Ammo o'ylaganlarimizni hammasi ham amalga oshmadi. 

Turnirdagi atmosfera, sharoitlar yaxshi. Osiyo kubogi muhitini beruvchi narsalar tayyorlanganligi ko'rinib turibdi", - deydi Salmoni.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia