

- Jamoa dastlabki ikki uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Siz jamoaning yetakchisi sifatida ham yaxshi o'yin namoyish eta olmadingiz. Bugungi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rgan edingiz?
- Dastlabki ikki uchrashuvda bizga hohish yetishmadi deb o'ylayman, bugun esa biz g'alabani ko'proq hohlagan edik va shu sabab g'alaba qozondiq. Bizda mahorat etarlicha, biz faqatgina e'tiborli bo'lishimiz kerak. Menimcha bu bizning mavsumdagi birinchi yaxshi o'yinimiz.
- Bugungi jamoa namoyish etgan o'yinga baho berib o'tsangiz...
- Namanganliklarga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'lgan. O'yin kurashlarga boy o'tdi va bugungi o'yinda kim qanday o'yin namoyish etgani muhim emas, muhimi g'alaba va qo'lga kiritilgan 3 ochko. Oldinda 2 xaftalik tanaffus bor va shundan so'ng yana o'yinlar davom etadi. Eng muhumi bugun g'alaba qozondik, endi natijalarni yaxshilashda davom etamiz. Navro'z bilan barchani tabriklayman.




