Misrda U-20 Arab Kubogi tashkil etiladi. Unda Tojikiston yoshlar termasi ham qatnashadi

Xayrulla Xoliqov
31 may 2021, 16:04
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda U-20 Arab Kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi.

Ushbu musobaqa Arab futbol assotsiatsiyalari birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Musobaqa shu yilning 20 iyun - 6 iyul kunlari Misrda bo'lib o'tadi. Qizig'i shundaki, mazkur turnirda arab davlatlari yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. Shuningdek, mehmon sifatida Tojikiston U-20 terma jamoasi ham taklif etilgan. 

Qur'a natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:

"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir. 

"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti. 

"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komoros. 

"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni (guruhdagi to'rtinchi jamoa kim bo'lishi keyinroq ma'lum qilinadi). 

2020 yilgi U-20 Arab Kubogi Saudiya Arabistonida o'tkazilgan bo'lib, Senegal yoshlar terma jamoasi finalda Tunis yoshlarini 1:0 hisobida mag'lub etib chempionlik qo'lga kiritgandi. Bu yilgi musobaqaga 20 iyun kuni Misr va Niger Respublikasi o'yini bilan start beriladi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com