Miroslav Kloze: Bizni Rossiyada fantastik Jahon Chempionati kutmoqda
10 yanv 2018, 22:23
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi, amaldagi jahon chempionlaridan biri Miroslav Kloze, yozda Rossiyada bo'lib o'tadigan Futbol bo'yicha JCH borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bizni o'zgacha narsalar kutmoqda. Biz bunga Konfederatsiyalar kubogidayoq guvoh bo'ldik. Stadionlardagi muhit ajoyib. Quvnoq muxlislar juda ham ko'p. Bizni fantastik JCH kutmoqda”, - deydi Kloze.