

- O'yin qiyin o'tdi. Qanday o'yin ko'rsatganimiz menga yoqdi. Asta-sekinlik bilan barchasiga ko'nikib boryapmiz. Ruhan va jismonan vaziyatlarda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa ishlar yanada yaxshiroq bo'ldi. Balki bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdir. Bazida futbolda yomon o'ynab yutish va yaxshi o'ynab mag'lub bo'lish ham mumkin. Qo'lga kiritilgan uch ochkodan mamnunman.

- Taqvim juda zich tuzilgan. Har 4-5 kunda bo'ladigan o'yinlar uchun jamoaning jismoniy holati tayyormi?
- Bizda tanlov yo'q. Hammasiga ulgurishimiz shart. Endi navbatdagi o'yin uchun ham vaqt ko'p emas. Shu sababli har bir bahs uchun tezroq yondashish kerak bo'lmoqda. Bu pallada mashg'ulot jarayonlari emas, ko'rsatmalar jarayonlari muhim o'rin tutadi. Navbatdagi o'yinda jamoa zo'r holatda bo'lmaydi, bu aniq. Maydonda borimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Muhriddin Zoirovga kam o'yin amaliyoti berilmoqda.
- Holat shunday. Ayni damda Temurxo'ja Abduholiqovni jismoniy holati va samaradorligini hisobga olsak, O'zbekistonning eng yaxshi 5 futbolchisidan biri desak bo'ladi. Shunday futbolchini almashtirishdan mano yo'q. Tima har tomonlama jamoaga yordam beradi. Gol urishdan tashqari, jamoani ushlab turishi, oldinga harakatlantirishi mumkin. Uning xarakteri shunday. Shu sababli uning bu harakatlari biz uchun muhim. Bunday holatda Muhriddin Zoirovga imkoniyat kamroq berilayotgani afsuslanarli. Bu futbol. Biz hissiyotlar uchun kurashmaymiz, natija uchun o'ynaymiz.



