

Mirjalol Qosimov: "Hammani Qurbon Hayiti bilan tabriklayman. Bahs oson o'tmadi, chunki "Olimpik" yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Birinchi bo'limda qiyin bo'ldi, "Olimpik"ning hujumlaridan so'ng to'p to'singa tegib qaytdi.
Ikkinchi bo'limda o'yin jilovini o'z qo'limizga oldik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Oson bahs bo'lmadi. Endi keyingi uchrashuvi haqida bosh qotiramiz.
"Olimpik"ga keyingi bahslarda va Olimpiadada omad tilayman".


