Mirislom Hasanov: "Buxoro" tarkibni kuchaytiradi va nasib qilsa Superligaga chiqish vazifasini bajaradi"

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2021, 13:06
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Yangier" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Mirislom Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

"Shogirdlarim ishonchli o'ynashdi va haqli g'alabaga erishdik. Birinchi taymda gol ura olmadik, ikkinchi taymda baribir maqsadimizga erishdik. Endi tatilga chiqamiz. Xudo xohlasa davralar oralig'ida tarkibni kuchaytiramiz va Superligaga chiqish vazifasini bajaramiz.

Birinchi taymda havo juda issiq edi, tanaffusda o'zlariga kelishdi va o'z vazifasini bajarishdi.

Fayzullo Jumanqo'ziev yomon o'ynamadi, Rustam Abduhamidov zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirdi. Issiqda kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman", - deydi Mirislom Hasanov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia