Miranchuk Turin klubiga o'tgani tasdiqlandi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022, 08:30
“Atalanta” a'zosi Aleksey Miranchuk faoliyatini “Torino”da davom ettiradi.

Bu haqda “buqalar” sport direktori Davide Vanyati xabar bermoqda.

“Ha, Miranchuk bilan shartnoma imzoladik. Bu ijara yoki to'laqonli transfermi? Sotib olish huquqi bilan ijaraga oldik”, deydi Vanyati.

Avvalroq, “Torino” Miranchukni 12 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchiligi xabar berilgandi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, 26 yoshli rossiyalik klubning to'laqonli a'zosiga aylansa, u bilan bitim 2026 yilgacha tuziladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com