

Agar Iguain Turinga ko'chib o'tsa, hayron qolmayman. Bu erda futbolchilarni ko'ndirishni juda yaxshi bilishadi. Barcha sovrin yutishni istaydi Yuventus har yili bunga erishadi, - deydi Pyanich.
Oldinroq 28 yoshli Iguain Napolidan ketmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi. Yuventusdan tashqari Arsenal va Xitoy klublaridan biri argentinalik futbolchiga qiziqib qolishgan.



