Miralem Pyanich: "Hali Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqmaganimizni bilamiz"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2017, 20:06
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich YCHL chorak final dastlabki o'yini doirasida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alabadan juda mamnunmiz, lekin hali yarim finalga chiqmaganimizni bilamiz. "Barselona" PSJ bilan o'yinda ko'rsatgan karomatni eslaymiz, shunday ekan "Yuventus" tayyor bo'lishi kerak. Bugun biz yaxshi o'ynadik, javob bahsida esa juda ham ehtiyot bo'lishimiz kerak", - deydi Pyanich.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com