Miodrag Radulovich: O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ishlashim mumkin edi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 13:20
Paxtakor klubining chernogoriyalik sobiq bosh murabbiyi o'ziga bo'lgan takliflar haqida aytib o'tdi.
Miodrag Radulovich: Bugun Belgraddan qaytib keldim. Qozog'istonlik muxlislarni Yangi yil bilan tabriklayman. Kelajagimga kelsak bir qator takliflar va variantlar bor.

Variantlar orasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi, BAA klubi, "Dinamo“ Mins, Kiprning "Omoniya“ va boshqalar. Qayerdadir moliyaviy holat, qayerdadir jamoa yoqmadi. Albatta, "Dinamo" Minsk klubidan yaxshi taklif bor, biroq hozircha hech nima aniq emas. Menimcha mana shu haftada barchasi oydinlashsa kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz