

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqich o'yinlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan keyin Farg'ona viloyatida ham yakuniga etdi.
Musobaqada viloyatning barcha tumanlaridan 100ga yaqin jamoalar qatnashdi. Final uchrashuvlarida esa quyidagi natijalar qayd etildi:
11 yoshlilar: “Marg'ilon” – “Beshariq” - 1:0
12 yoshlilar: “Marg'ilon” – “Beshariq” - 1:2
13 yoshlilar: “Qo'shtepa” – “Qo'qon” - 2:1
14 yoshlilar: “Marg'ilon” – “Farg'ona” - 6:1
15 yoshlilar: “ Farg'ona ” – “Oltiariq” - 2:1
16 yoshlilar: “Marg'ilon” – “Farg'ona” - 2:2. Pen.bo'y. - 2:0
17 yoshlilar: “ Farg'ona ” – “Toshloq” - 3:2
Hal qiluvchi bahslarda g'olib chiqqan jamoalar Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.



