O'zbekiston Futbol Federatsiyasi terma jamoalar markazi milliy terma jamoalarning avgust oyi uchun o'quv yig'inlari rejasini tasdiqladi. Unga ko'ra, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 11 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishadi. Xabaringiz bor, milliy terma jamoa 14 avgust kuni Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur o'rtoqlik o'yini O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun Iordaniyaga qarshi JCH-2014 saralashi pley-off uchrashuvlaridan oldingi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligidagi 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi 2 avgust kuni Dukentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Yig'in 13 avgust kunigacha davom etadi. Eslatib o'tamiz, Evstafeev shogirdlari 14-21 iyul kunlari Toshkent shahrida yig'in o'tkazishgan va bu yig'in davomida Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishgan edi.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 16-23 avgust kunlari Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi. Takidlash joiz, mazkur yig'in davomida O'zbekiston o'smmirlar terma jamoasi Toshkentda Eron o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari sanasi haqida keyinrok batafsil ma'lumot beriladi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 21 oktyabr - 13 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 2 avgust kuni Toshkentda navbatdagi o'quv mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Ma'lumot o'rnida, 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16) sentyabr oyida Toshkent shahri mezbonlik qiladigan 2014 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi.
O'zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Iordaniyaga jo'nab ketadi. Iordaniyadagi yig'in davomida Gulnora A'zamova boshchiligidagi o'zbekistonlik o'smir qizlar mezbon - Iordaniya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-16 qizlar terma jamaosi shu yilning 26 sentyabr - 6 oktyabr kunlari Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qiladigan U-16 O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslarida ishtirok etadi. Qayd etish lozim, mazkur Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan o'rin olgan terma jamoalar 2014 yili Kosta Rikada bo'lib o'tadigan U-17 O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.