Millatlar ligasi. Xorvatiya qo'shimcha daqiqada Ispaniyani mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2018
Millatlar ligasida guruh bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy o'yinlaridan biri Zagrebda Xorvatiya hamda Ispaniya terma jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Bu jamoalarning Ispaniyada o'tgan ilk uchrashuvida jahon chempion vice-chempionlari yirik 0:6 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. 

Bu safar xorvatlar o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishdi. Tina Edvayning asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada kiritgan goli Xorvatiyaning yakuniy 3:2 hisobidagi g'alabasini taminladi. 

Zlatko Dalich shogirdlari endi guruhning so'nggi o'yinini 18 noyabr kuni mehmonda Angliyaga qarshi o'tkazishadi. So'nggi to'rtinchi o'yinni o'tkazgan Ispaniya 6 ochko bilan Millatlar ligasidagi ishtiokini yakunladi. 


Xorvatiya – Ispaniya 3:2 (0:0, 3:2)

“Maksimir” stadioni

Gollar: 1:0 – 54 Kramarich, 1:1 – 56 Sebalos, 2:1 – 69 Edvay, 2:2 – 78, penalti Ramos, 3:2 – 90 Edvay.

Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Edvay, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich, Rakitich (Vlashich, 68), Rebich (Brekalo, 74), Kramarich (Pyaca, 89).

Ispaniya – De Xea, Ramos, Alba, Serji Roberto, Martines, Saul (Suso, 74), Buskets, Sebalos, Isko, Rodrigo (Asensio, 61), Aspas (Morata, 64).

Ogohlantirishlar: Rebich (70), Buskets (87), Perishich (88), Sebalos (90).


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: