"Milan"ning Yevropa ligasida ishtirok etish yo etmasligi ertaga aniq bo'ladi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2019
Milan Yevropa Ligasida qatnashishdan bosh tortmoqchi, deya xabar qiladi Corriere della Sera.

Manbaning ma'lum qilishicha, Milan bu borada UEFA bilan kelishuvga erishgan. 

Gap shundaki,  rossonerilar o'tgan yili moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun, evrokuboklardan chetlatilishi kerak edi. Biroq, o'shanda klub rahbariyati apellyaciya berib, bu muddatni bir yilga uzuytirgan. 

Shuningdek, UEFA tomonidan Italiya jamoasiga 12 mln. evro miqdoridagi jarima solingan holda evrokuboklarning bo'lajak ikki mavsumi uchun 21 nafar futbolchini qaydnomadan o'tkazishni belgilab qo'ygandi. 

Agar 19 iyun kuni chiqariladigan yakuniy qarorda qizil-qoralarning Yevropa ligasi 2019/20 yilgi mavsumida qatnashmasligi ma'lum bo'lsa, u holda ularning o'rnini Torino egallaydi va saralash bahslarida ishtirok etadi. Roma esa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere della Sera