"Milan"ga o'tishi kutilgan vinger APL klubi bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2019, 00:15
Nicca a'zosi Allan Sen-Maksimen rasman Nyukasl futbolchisiga aylandi.

Tomonlar 6 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, futbolchining transfer summasi 18 mln. evroga baholandi. Avvalroq, 22 yoshli yarim himoyachining Milanga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Sen-Maksimen o'tgan mavsum Liga 1'ning 34 bahsida qatnashib, 5+6 ko'rsatkichni qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi yangi klubi safida 10 raqam ostida harakat qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/nufc