"Milan" Zieshning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Xavbek "Chelsi"dan ketmoqchi

Alisher
25 iyun 2022
Yarim himoyachi Xakim Ziesh yozda "Chelsi"dan ketishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, xavbekka "Milan" qiziqish bildirmoqda va "rossoneri" 29 yoshli marokashlikning vakillari bilan aloqaga chiqdi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Ziesh jamoasini o'zgartirishni xohlamoqda va Italiya chempionlari safiga o'tishni muhokama qilishga tayyor. Muammolardan biri uning maoshi bo'lishi mumkin – futbolchi hozirda yiliga 5 mln funt atrofida maosh oladi.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com