"Milan" Zieshni ijaraga olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2021, 00:29
Xakim Ziesh "Milan"ga yo'l olishi mumkin.

"Milan" klubi "Chelsi" futbolchisi Xakim Zieshni sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkin. Milanliklar muzokaralarni boshlash arafasidalar. Ziesh "Milan" klubi uchun moliyaviy jihatdan mos nomzod bo'lib turibdi. Jamoa Isko yoki Koutino transferidan ko'ra, Zieshni maqul ko'rmoqda. Bunga sabab, Zieshning maosh va transfer qiymatining yuqoridagi futbolchilardan ancha pastroq ekanligidir.

Eslatib o'tamiz, Xakim Ziesh "Chelsi"ga 38 mln funtga tushgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail