"Milan" Zieshni ijaraga olishga urinib ko'radi

Alisher
23 iyun 2021
Hujumkor yarim himoyachi Xakim Ziesh yozgi transfer oynasida "Chelsi"dan ketishi mumkin.

Marokashlik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

"Rossonerilar" 28 yoshli o'yinchining to'liq transferini amalga oshira olishmaydi, shu sabab klub "aristokratlar" bilan yillik ijara borasida kelishuvga erishishga urinib ko'radi.

Vinger o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror