Milan Xondani tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014
Milanda rossonerilar vice-prezidenti Adriano Galliani va klub yangi futbolchisi Keysuke Xonda ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Bu erga kelganimdan xursandman. Milanda 10-raqam ushalgan orzu.

O'zimning foydali ekanimni maydonda isbotlamoqchiman. Deyarli bir oy o'ynamadim, shu bois formaga kirib olishim uchun ma'lum vaqt kerak.

Milan bilan birga chempion bo'lmoqchiman. Chempionlar ligasini ham unutayotganim yo'q, – deydi Xonda matbuot anjumanida.

Yaponiyalik futbolchi Milanga Moskvaning SSKA klubidan erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru