Milan Xondani sotib ololmasa Donovanni taklif qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013
Agar Milan Keysuke Xondani sotib ololmasa Los-Andjeles Gelaksi yarim himoyachisi Lendon Donovanni o'z safiga chorlashi mumkin.
31 yoshli futbolchi rossonerilar tomonidan B rejasi sifatida qaralmoqda.

Italiya klubi Gelaksi bilan yaxshi aloqada, oldinroq Milan klubi ikki bor Devid Bekxemni ijaraga olgandi.

Donovan bungacha Yevropaning uchta klubida o'ynagan - Bayer, Bavariya va Everton.

Milan Ayaks yarim himoyachisi Kristian Eriksenga ham qiziqmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru