

26 yoshli ispaniyalik futbolchi "Xetafe" bilan transfer borasida kelishuvga erishdi. Bitim tafsilotlari hali noma'lum.
Kastilexo joriy mavsum A Seriya doirasidgai bitta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Milan"ga qadar "Vilyarreal" va "Malaga" jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Xetafe" Ispaniya chempionatida 8 turdan so'ng atigi 1 ochko to'plagan holda, jadvalning eng quyi o'rnida joylashgan.



