

“Rossoneri”lar vice-prezidenti Adriano Galliani, birinchi navbatta Gabriel, Vergara va Zakkardoga yangi jamoa topib berishga urinib ko'radi.
Ushbu futbolchilar yangi jamoalarga joylashganlaridan so'ng, rahbariyat jamoani kuchaytirish haqida bosh qotiradi. Qishki transferlar oynasi mobaynida “Milan”ning asosiy maqsadi “Kalyari” klubi o'yinchisi Raja Nainggolanni sotib olishdan iborat.



