

Brayda 1986 yildan buyon "Milan"da ishlab keladi va jamoa vice-prezidenti Adriano Galliani tarafdori hisoblanadi. O'z navbatida Galliani ham chorshanba kuni ertalab, ishdan bo'shashi haqida ma'lum qilgandi. Har ikkisining ham iste'fo berishiga asosiy sabab, yaqin vaqt ichida jamoa xo'jayini Silvio Berluskoni o'z o'rniga qizi - Barbara Berluskonini qo'ymoqchi ekanidir.



