"Milan" sobiq futbolchisi jamoaning mavsumdagi dastlabki o'yinlari haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2024, 16:20
"Milan" sobiq yarim himoyachisi Zvonimir Boban jamoaga yangi tayinlangan bosh murabbiy Paulu Fonsekaning ishiga baho berdi.

"Men Fonsekaning "Shaxtyor", "Lill"dagi ishi va "Roma"dagi dastlabki kunlaridagi faoliyatini hurmat qilaman. U Milanga endigina yetib keldi va biz unga vaqt berishimiz kerak, biroq meni xavotirga solayotgan narsa shundaki, u haligacha bu jamoa 4-3-3 sxemasida o'ynashini inobatga olmayapti. Shu orqali yarim himoyachilar muvozanatni saqlashi va vingerlar Leau va Pulishichni qo'llab-quvvatlashlari mumkin.

Reynders yarim himoyada ikki markaziy yarim himoyachi bilan o'ynay olmaydi va Loftus-Chik 10-raqam sifatida o'ynash uchun etarlicha kreativ emas. Ular haqiqiy pleymeykerlar emas, to'p bilan yaxshi muomala qiladigan yarim himoyachilardir. 

Fonseka endi boshlamoqda, u aqlli va umid qilamanki, u vaziyatni o'zgartira oladi, chunki natijalardan tashqari, asl muammo hali mavjud bo'lmagan o'yinda", – dedi Boban.

Xorvatiyalik futbolchi 1991 yildan 2001 yilgacha "rossoneri" safida to'p tepgan. Shu bilan birga, Zvonimir jamoa safida 178 ta o'yin o'tkazgan.

"Milan" A Seriyaning yangi mavsumini yomon boshladi. Klub ikkita durang va bitta mag'lubiyat qayd etib turibdi. Keyingi raqib "Veneciya" klubi bo'ladi. O'yin 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sempremilan.com