"Milan" "Siti", "Liverpul" va PSJning qiziqishiga qaramay, Leauni sotmaydi. Rafael yiliga 7 mln evro maosh xohlamoqda

Alisher
24 may 2022
Rafael Leau "Milan"da qoladi.

"Rossoneri" futbolchining agenti boshqa klublar bilan muzokaralar olib borayotganiga qaramay, hujumchini sotishni xohlamayapti. Futbolchiga "Manchester Siti", "Liverpul" va PSJ qiziqmoqda.

Portugaliyalik "Milan"dan yangi shartnoma bo'yicha 7 million evro maosh so'raydi. Ammo, u 6 million evro+bonuslar ko'rinishidagi maoshni qabul qilishi mumkin.

22 yoshli forvard o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira